SportUz.Net
photo photo

CHarlo Golovkinga birlashtiruvchi jang taklif qildi

08.05.2021 12:20    


Rasmni yuklab olish

WBC chempioni Jermel CHarlo qozog'istonlik IBF va IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkinga jang taklif qildi.

"Mening jamoam Golovkin, Kanelo va Andrada, yani o'rta vaznda titulga ega bo'lganlarning barchasiga murojaat qilishdi. Golovkin bilan jang qilasizmi? Ha, bu men juda istayotgan kurash. Vaqt masalasini tartibga solish mumkin.

Agar ular katta ringda jang qilmoqchi bo'lsalar, men ham katta ringda jang qilaman. Agar ular o'z shaharlarida jang qilishni xohlasalar, men ularning shahrlarida jang qilaman. Men janglarni tanlamayman, menejer emasman", - dedi CHarlo You Tube`dagi Premier Boxing Champions kanaliga bergan intervyusida.

CHarlo prof boksdagi 31 ta jangning hammasida g'alaba qozongan, Golovkin 41 g'alaba, bitta mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan.

Golovkin bundan avval ikki marotaba CHarloning taklifini rad qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: