Mazkur turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mavlud Tifiev ham jang qiladi. Muay-tay qoidalariga asoslangan bellashuvda unga tailandlik Yod Ay-Kyu raqiblik qiladi.
Musobaqa Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi va YouTube platformasidagi One Championship kanali orqali namoyish etiladi.
Eslatib o'tamiz, Tifiev ONE Championship'dagi ilk jangida Muangtay Saenchayga imkoniyatni boy berib, ikkinchi jangida Alaverdi Ramazanovni enggan edi. Uning raqibi Yod Ay-Kyu esa ONE FC ligasida hozircha bitta jang o'tkazgan va g'alaba qozongan.
SHahram G'iyosov The Ring reytingida o'tgan oydagi kabi sakkizinchi o'rinda qayd etildi
UFC jangchisi Arman Carukyan greppling qoidalari asosida o'tkazilgan turnir g'olibiga aylandi