Mazkur oqshomning co main event jangida yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov (13-0) ringga ko'tariladi. Hamyurtimizga amerikalik Harold Kalderon (27-0) raqiblik qiladi. 12 raundga mo'ljallangan mazkur WBA Eliminator jangi O'zbekiston hududida qaysi telekanal tomonidan translyaciya qilinishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, bokschimiz ishtirokidagi jang translyaciyasi huququi ZO'R TV telekanali tomonidan qo'lga kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, boks oqshomining markaziy jangi amerikalik Reydjis Progreys (28-1-0) hamda Peru vakili Danielito Zorrilla (17-1-0) o'rtasida kechadi. Jang birinchi yarim o'rta vaznda WBC chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"