Dmitriy Bivolning keyingi raqibi Xilberto Sancho Ramires bo'lishi mumkin. Bu haqida jangchining menejeri Vadim Kornilov malum qildi.
"Ishonamizki, birlashtirovchi jang varianti amalga oshadi. Ramiresga qarshi jang ham tashkil qilinishi mumkin", - degan Kornilov.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Dmitriy Bivol Kreyg Richardsni mag'lubiyatga uchratgandi. Angliyaning Manchester shahrida o'tkazilgan jang 12 raund to'liq davom etgan va rossiyalik chempionning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
UFC sobiq jangchisi Bi Jey Penn bu yil hisobidan beshinchi marta Gavayida hibsga olindi