SportUz.Net
photo photo

ESPN vazn toifasidan qatiy nazar MMA jangchilarining reytingini elon qildi

03.05.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Dunyoga mashhur ESPN telekanali vazn toifasidan qatiy nazar amaldagi MMA jangchilarining reytingini oshkor qildi.

Jurnalistlar tomonidan tuzib chiqilgan ushbu reytingda yarim o'rta vaznda UFC chempioni Kamaru Usman karvonboshilik qilyapti. Og'ir vaznda sobiq chempioni Jon Jons ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka o'rta vaznda UFC chempioni Israel Adesanya yakun yasagan. 

Keyingi pog'onalarda Frensis Ngannu, Aleksandr Volkanovski, Yan Blaxovich, Deyvison Figeyredu, Dastin Pore va Maks Xollouey joylashishgan. TOP-10 reytingining so'nggi pog'onasiga Pyotr Yan va Robert Uittaker munosib ko'rilgan. Engil vaznda amaldagi UFC chempioni, amerikalik Aljameyn Sterlingga ushbu reytingdan joy topilmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: