SportUz.Net
photo photo

Kamaru Usman o'ziga kutilmagan raqibni so'radi

01.05.2021 14:40    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman navbatdagi jangini vazn reytingida 7-o'rinni egallab turgan Maykl Kezaga qarshi o'tkazmoqchi.

Bu haqida uning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.

"Kamaru nimani istasa, shuni qilishga haqli. Biz Danani hurmat qilamiz va u bilan kelishib ishlaymiz. Kecha Kamaru menga qo'ng'iroq qildi va 12 iyun kuni oktagonga ko'tarilishga tayyor ekanini malum qildi. U mendan vaznda hozirgi vaqtda eng ko'p g'alabali seriya qilayotgan jangchi kimligini so'radi. Men esa 12 iyun kuni Maykl Keza bo'sh ekanligini aytdim. SHundan so'ng u menga aynan Mayklni raqib sifatida tanlash kerakligini aytdi", - dedi Ali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: