SportUz.Net
photo photo

Usman navbatdgi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchi ekanini aytdi

14.02.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman navbatdagi jangini Xorxe Masvidalga qarshi o'tkazmoqchi.

"Bizning vaznda bitta bezori bor. U o'zini avliyoga tenglashtiradi. Biz bir necha bor unga qarshi jang qilishni istadik, u esa faqatgina jangga olti kun qolganida boshqaning o'rniga oktagonga ko'tarilishga rozilik berdi. Nega? CHunki, mag'lub bo'lganidan so'ng bahonasi bor edi.

Masvidal birinchi jangdagi mag'lubiyatidan so'ng bir necha bor chala tayyorgarlik ko'rganini bahona qildi. Bizni ish hali tugamagan. Unga butun boshli mashg'ulot vaqtini berishga tayyorman. U tili bilan emas, qo'li bilan harakat qilishi kerak. Xorxe, menga qarshi jang qil va o'zingni ko'rsat", - degan Kamaru.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: