"Menda Kolbi bilan jang shartnomasiga qo'l qo'ymaslik bandi bor. U bilan titul jangida qatnashmasligim aniq. Mening kamar uchun bosib o'tgan yo'limga ahamiyat bering.
Men ikki marta yutgan jangchiga ikki marta mag'lub bo'lgan bilan titul uchun jang qilmayman. U bir yarim yil yo'q bo'lib ketgan Masvidalni mag'lub etdi. Ungacha xatto ijtimoiy tarmoqlarda ham ko'rinish bermagandi. Endi esa davogarga aylanib olmoqda. Bunda mano yo'q. U kamar uchun jang qilishga loyiq bo'lishi kerak", - dedi Edvards.
UFC 286 turnirida Edvards hakamlar qaroriga ko'ra Kamaru Usmanni mag'lub qilgandi.