O'rta vaznda WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni, qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (13-0, 18 KO) navbatdagi jangini 14 may kuni o'tkazadi. Hozircha Alimxanuli ishtirokidagi boks kechasi qaerda o'tkazilishi aytilmagan.
Uning raqibi kanadalik 27 yoshli Stiven Batler (32-3-1, 26 KO) bo'ladi. Qozog'istonlik bokschi aslida britaniyalik Liam Smitga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi, biroq Smit shartnoma majburiyatlari tufayli jangni rad etdi.