SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov: Rekordi yaxshi bokschilarning hech biri biz bilan jang qilishga rozi bo'lmadi

21.03.2023 16:19    


Rasmni yuklab olish

Madrimov yangi raqibi haqida gapirdi.

Isroil Madrimovning yangi raqibi elon qilinishi bilan boks muxlislari tomonidan raqibning kuchsizligi, chempionlik jangi o'tkazilmayotgani haqida izohlar bildirildi. SportUz.Net sayti muxbiri ayni vaqtda AQSHda mashg'ulotlarni davom ettirayotgan Madrimov bilan bog'lanib mazkur vaziyatga izoh berishini so'radi.

Madrimov ushbu bahs boshqa vazn toifasida bo'lishini malum qildi.

«O'zi bu jang rejada yo'q edi. Birdan paydo bo'ldi, keyin raqib qidirishga kirishdik. Igbokvegacha raqib 4 marta almashdi. Rekordi yaxshi bokschilarni jangga chaqirdik. Lekin hech biri rozilik bildirmadi. Faqat Rafael Igbokve rozi bo'ldi. SHunda ham bu bokschi o'rta vazn(72,5 kg)da, biz uning divizionida jang qilamiz. 

Bizga chempionlik jangini berishmayapti. CHunki CHarloning qo'lida jarohat bor. Lekin biz jang o'tkazib tajribamizni oshirishimiz, jang amaliyotida bo'lishimiz kerak», - dedi Madrimov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: