Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bokschilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Turnir tashkilotchilari musobaqa g'olib va sovrindorlariga medallardan tashqari pul mukofotlarini ham taqdim etishdi.
Unga ko'ra, oltin medal sohiblari 450 000 rubl (taxminan 6000 AQSH dollari), kumush medal egalari 250 000 rubl (taxminan 3300 AQSH dollari), bronza medalini qo'lga kiritgan bokschilar esa 150 000 rubl (taxminan 2000 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofotini ishlab olishdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi safida sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Kumush:
-60 kg: Abdumalik Xalakov
Bronza:
-69 kg: Bobousmon Baturov.