O'ta engil vaznda britaniyalik UFC jangchisi Muhammad Mokaev ijtimoiy tarmoqlarda promoushen bilan yangi shartnoma imzolangani haqida elon qildi.
"Bugun men UFC bilan bir nechta jang uchun yangi shartnoma imzoladim. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Londonda ko'rishguncha", — deb yozgan Mokaev.
Muhammad Mokaev navbatdagi jangini mart oyida Londonda tashkil etiladigan UFC 286 musobaqasi doirasida Jafel Filoga qarshi o'tkazadi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi