SportUz.Net
photo photo

Cobiq jahon chempioni Usik va Beterbiev o'rtasidagi ehtimoliy jangi haqida gapirdi

30.01.2023 18:38    


Rasmni yuklab olish

Cobiq jahon chempioni Mayris Briedis Aleksandr Usik va Artur Beterbiev o'rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Bo'layotgan ishlarni tomosha qilishdan mano yo'q. Buyog'iga nima bo'lishini kuzatishimiz kerak. Agar jang tashkil etilsa, odamlar bunday jangdan rohatlanishadi. Artur judayam kamtarin bokschi. Hozir odamlar shunchaki boks tomosha qilishmaydi, ularga shou kerak.  

Agar Artur ringdan tashqarida ham muxlislarni o'ziga qarata olganida edi, odamlarning jangga qiziqishi organ bo'lardi. Aleksandr bazan Joker yoki boshqa ko'rinishda muxlislarni xursand qiladi. U qanday qilib etiborni jalb qilishni biladi. U ingliz tilini bilmaydi, lekin uni Angliyada hali ham yaxshi ko'rishadi. Birinchidan, u Joshuani tazirini bergan. Ikkinchidan, Usik til bilmasa ham o'zining xarizmasi bilan muxlislarni o'ziga tortadi. Mayk Tayson va Muhammad Ali ringga qanday ko'tarilganini unutmang. Ular kamtar bokschi bo'lishmagan", - dedi Mayris Briedis.

Eslatib o'tamiz, avvalroq WBC Beterbievning navbatdagi raqibini elon qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: