Britaniyalik promouter Eddi Xirn DAZN platformasi bilan yangi katta shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda The Athletic manbalarga asoslanib.
SHartnoma 1 iyuldan kuchga kiradi. Uning umumiy qiymati bir necha yuz million dollarga baholanmoqda.
SHartnomaga ko'ra, Matchroom Boxing Britaniyaning Sky Sports telekanali bilan eksklyuziv hamkorlikni tugatadi. Iyuldan boshlab deyarli barcha Britaniya va Irlandiya Matchroom bokschilarining uchrashuvlari DAZN'da namoyish etiladi.
Istisnolar kompaniyaning faqat ikkita og'ir vazn toifasiga tegishli - Entoni Joshua va Dillian Uaytga. Ularning Buyuk Britaniyadagi jangi translayaciyasini DAZN yoki Sky har bir holat bo'yicha muzokaralar paytida hal qilib oladi.