SportUz.Net
photo photo

CHimaev Proxazkaning qovurg'asini sindirgan, Irji buni tan oldi

29.01.2023 15:19    


Rasmni yuklab olish

Irji Proxazka Xamzat CHimaev bilan bo'lib o'tgan sparringni esladi.

Yarimog'ir vazn toifasida chexiyalik UFC sobiq chempioni Irji Proxazka (29-3-1) yarimo'rta vaznli shveciyalik Xamzat CHimaev (12-0) bilan bo'lgan sparringni esladi.

"Qovurg'am to'liq sinmagan. Men sparringda hatto buni sezmagan edim ham. Lekin bu muhim emas - men o'sha sparring qanday o'tganini bilaman va xotirjamman. Bu men o'tkazgan yaxshi sparring edi. Hamzat yaxshi sparring sherik edi, lekin Gustafsson bilan bo'lgan sparring bundanda yaxshiroq edi", - deb yozgan Proxazka ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida.

Irji Proxazka dekabr oyida Glover Teysheyraga qarshi revansh jangi doirasida yarimog'ir vazndagi chempionlik kamarini himoya qilishi kerak edi, biroq Irji elkasidan jarohat oldi va chempionlik kamaridan voz kechishga, yani uni vakant qoldirishga qaror qildi. Hozircha chexiyalik sportchi yakka tartibda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Yangi chempion Jamal Xillga birinchi raqamli davogar aynan Irji bo'ladi.

Xamzat CHimaev esa ohirgi jangini Kevin Xollandga qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi. Uning keyingi raqibi katta ehtimol bilan amerikalik Kolbi Kovington bo'lishi kutilmoqda.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: