Bugun musobaqa doirasida qizlar o'rtasida final bahslari bo'lib o'tdi.
Final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi. Ularning 6 nafari g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi. Ikki bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo'lga kiritgandi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O'ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Kumush:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova
Bronza:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova
Malumot uchun, qizlar terma jamoamiz musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yo'l olgandi.
Yigitlar o'rtasida final bahslari ertaga, 26 yanvar kuni o'tkaziladi va unda 10 nafar bokschimiz finalda ringga ko'tariladi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"