Avvalroq Dana Uayt Ngannu tavakkal qilmoqchi emasligi va shu sababli Jon Jons bilan jang qilishni istamaganligini aytib o'tdi.
"U Siril Gan bilan jang qildi. Bitta oyog'i jarohatlangan holda. Endi siz menga Frensis qo'rqoq ekanligi haqida gapiryapsizmi? U xech kimdan qo'rqmaydi. U o'zi to'g'ri deb hisoblayotgan ishni qilyapti, - dedi murabbiy.