Ular reytingda mos ravishda beshinchi va to'qqizinchi o'rinlarni egallab turishgandi. Bir kun avval Fyodor Bellator kuz oylarida Rossiyada uning ishtirokida turnir o'tkazmoqchi bo'layotganini aytgandi. Ehtimolli raqiblar sifatida Alistar Overim va Junior Dos Santos tilga olingan edi.
Sergey Xaritonov esa kuni kecha qo'lqopsiz janglar promoushenida debyut qilgandi. Sergey yaqin orada yana Bellator "qafasi"ga qaytishi mumkinligini ham aytmoqda.
Malumot uchun, Fyodor Emelyanenko Bellator promoushenida so'nggi bor 2019 yilning dekabr oyida Yaponiyaning Saitama shahrida o'tgan Bellator 237 turnirida oktagonga ko'tarilgan va o'shanda Kvinton "Rampeyj" Jeksonni birinchi raundda nokautga uchratgan edi. Xaritonov esa ushbu tashkilotdagi hozircha oxirgi jangini 2019 yilning noyabrida Isroilning Tel-Aviv shahrida tashkil etilgan Bellator 234 turnirida o'tkazgan va kutilmaganda ikkinchi raundda texnik nokaut bilan Linton Vassellga yutqazgandi.
Arman Carukyan CHarlz Oliveyraga: "Mening ismimni aytishdan qo'rqma, qattiq urmayman"