Ushbu oqshom doirasida Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Bahrayn vakili Danis Latipovga qarshi ringga ko'tarildi.
5 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Bahodir hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishdi.
Qayd etish lozimki, Bahodir ushbu g'alaba orqali 30 ming AQSH dollari ishlab oldi.