SportUz.Net
photo photo

Konor Makgregor Jo Roganga "otvet"ning yomonini qildi

07.12.2022 18:19    


Rasmni yuklab olish

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor taniqli sharhlovchi Jo Roganning aybloviga keskin javob qaytardi.

Rogan irlandiyalikni hozirgi jismoniy holatiga doping istemol qilish orqali erishganlikda ayblagandi.

"U har doim kiyimini echib, gavdasini hammaga ko'z-ko'z qiladi. Konorning peshobi USADA bankasini eritib yuboradiganga o'xshaydi. Go'yo u ko'zaning tagida teshik ochganga o'xshaydi", - degandi Rogan.

“Jo Roganning peshobidan ichki kiyimlar unda suzib yurganga o'xshaydi. Qarang, u shu qadar uzoq vaqt davomida ushbu promoushenda ishlayapti, lekin biron marta ham jang qilmagan, ha ha ha”, - deya ayblovlarga javob berdi Makgregor.

Biroz vaqt o'tgach, odatdagidek irlandiyalik o'z postini o'chirib tashlagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: