SportUz.Net
photo photo

Bellator 257 turnirining markaziy jangi to'liq davom etdi FOTOGALEREYA

17.04.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun AQSHning Ankasvill shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha Bellator promoushenining navbatdagi turniri bo'lib o'tdi.

Bellator 257 oqshomining markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda amaldagi Bellator chempioni, rossiyalik Vadim Nemkov amerikalik davogar Fil Devisga qarshi oktagonga ko'tarildi. Ushbu jang g'olibi Gran-prining yarim finaliga ham yo'l olar edi. 

CHempionlik jangi to'liq besh raund davom etdi va yakunda Nemkov 48-47, 48-47, 48-47 hisoblarida g'alaba qozondi. Bu bilan rossiyalik chempion kamarini munosib himoya qilish barobarida Gran-prining yarim finaliga ham yo'l oldi. 

Malumot uchun, Vadim Nemkovning yarim finaldagi raqibi Entoni Jonson - Yoel Romero jangidan so'ng aniqlanadi. Ushbu chorak final jangi 7 may kuni Bellator 258 turniri doirasida o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: