SportUz.Net

Eddi Xirn Joshua - Uayt revansh jangi haqida gapirdi

24.11.2022 19:38    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn Dillian Uayt 26 noyabr kuni Jermeyn Franklinni mag'lub etsa, Entoni Joshua bilan revansh jangi o'tkazishini malum qildi.

"Britaniya boksidagi katta nomlar haqida gapiradigan bo'lsak, Dillian Uayt birinchi o'rinda turadi. U kuchli uchlik yoki to'rtlikka kiradi. Biz u bilan anchadan beri birga ishlaymiz.

Uayt bilan Joshua 2023 yilning birinchi yarmida jang qilishi kerak. Ammo, birinchi navbatda Dillian shanba kuni bo'lib o'tadigan jangda g'alaba qozonishi shart. Biz bilamiz, Jermeyn Franklin bunga qarshilik qilishni aniq.

Joshua bu jangni diqqat bilan kuzatib boradi, chunki u haqiqatan ham Uayt bilan yana jang qilishni xohlaydi. Bu uning uchun yagona yo'l", - dedi Xirn.

Eslatib o'tamiz, Dillian Uayt va Jermeyn Franklin o'rtasidagi jang 26 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahridagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: