Dillian Uayt barcha boks muxlislari singari bu ikki bokschi hali xam o'zaro kelishuvga erisha olmaganidan hayratda.
"Nega hali xam bu jang tashkil etilmaganiga hayronman. Agar bu bokschilar to'qnash kelishsa, kuchlar teng bo'lishi aniq. Joshua kuchli zarbaga ega. Fyuri esa bo'y borasida kichik ustunlikka ega va bo'yi pastroq raqiblarga qarshi jangda bu qo'l keladi. Ammo, Joshua unga aniq zarba bera oladi", - deya Uaytning so'zlarini keltiradi The Ring.
Avvalroq, Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnni keskin tanqid qilgandi.
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo'lish uchun kurashdan chiqqanini malum qildi