Avvalroq, Toefimo Lopes Kambososni uch raundda mag'lub qilishi haqida gapirgandi. Kambosos ushbu so'zlarga ham javob berdi.
"Hech kim mening himoyamni, qobiliyatimni etarlicha baholamayapti. Meni Lopesga qarshi bir xil usulda jang qiladi deb o'ylashayapti. Ammo, men juda ko'p usullarni qo'llayman, raqibga moslashaman. Axir, haqiqiy chempion menman.
Lopes meni uch raundda mag'lub qilishini aytganmidi? Buni teskarisi bo'lishi mumkinligini ham u bilishi lozim. Lopesning o'zi uch raund ichida yiqilsa ham ajablanmayman. Birgina aniq zarba hammasini hal qilishi mumkin.
SHu bilan birga, men 12 raundlik jangga ham tayyorman. Meni butun faoliyatim davomida anderdog sifatida ko'rishgan. Ko'rasiz, men Toefimo Lopesning hayotidagi eng qo'rqinchili tushga aylanaman", - dedi Jorj Kambosos.
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi
Mahmud Muradov ertangi jangi oldidan tajribali raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)