SportUz.Net

Bobur Tagiev MMAdagi ikkinchi jangini ham AQSHda o'tkazadi + POSTER

16.11.2022 13:57    


Rasmni yuklab olish

Bobur Tagievning navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.

O'zbekistonlik professional muay-tay ustasi, hozirda MMA bilan shug'ullanayotgan Bobur Tagievning aralash yakkakurash sport turidagi ikkinchi jangi tafsilotlari malum qilindi.

Unga ko'ra, Tagiev 16 dekabr kuni World Turan Championship turniri doirasida AQSHda mezbon yurt vakili Jontey Makkovan (1-1)ga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Tagiev MMAdagi ilk jangini 20 avgust kuni AQSHda mezbon Derek Reyesga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: