SportUz.Net
photo photo

IBF reytingi yangilandi. SHahram TOP-15ga kirib oldi

14.04.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Ushbu reytingdan o'zbekistonlik to'rt nafar bokschi o'rin olgan. Elon qilingan yangi reytingda o'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov ham o'z vaznida kuchli o'n besh bokschi orasiga kirib olgan.   

Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo'nalishi chempioni ham hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, u 3 aprel kuni o'zining IBF kamarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qildi.  

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev to'rtinchi o'ringa joylashgan. SHuningdek, ushbu vaznda SHahram G'iyosov ham ko'tarilib, 13-o'ringa joylashdi. Bu vaznda chempionlik kamari hozirda Josh Teylorga tegishli bo'lib turibdi. 

Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog'onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: