SportUz.Net
photo photo

Fyuri Klichkoga qarshi jangni esladi

14.04.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoga qarshi jangni esga oldi.

"Men Klichkoni ruhan va jismonan yo'q qilib tashlab, uning barcha kamarlariga ega chiqqanman. Keyin faoliyatimda tanaffus bo'ldi va kamarlarim birin-ketin boshqa bokschilarga o'tib ketdi. Men u bokschilarga kamarlik bo'lib olishlari uchun imkoniyat bergandim", - dedi Fyuri.

Eslatib o'tamiz, Klichko va Fyuri o'rtasidagi jang 2015 yilda bo'lib o'tgan va o'shanda britaniyalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra raqibini mag'lub etishni uddalagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: