"Bizda Xabib Nurmagomedovning jamoasi bilan bir yarim oy tog'dagi mashg'ulotlarda qatnashish rejasi bor. Sparring raqiblar ham tayyor. Biz bu jangga tayyorlanish uchun eng yaxshi variantlarni qidirdik. Tog'da o'tadigan ushbu yig'in Magomedga kuchliroq bo'lishga va yaxshi nafas olishiga katta yordam beradi. Albatta, Xabib Nurmagomedovning ushbu mashg'ulotlarda qatnashishi bizni juda mamnun qilar edi. Uning ishtiroki g'alaba uchun 30 foizdan ko'proq imkoniyatlarni taminlaydi. U dunyodagi eng kuchli kurashchi", - dedi Maga Ismailovning akasi va murabbiyi Ramazan Ismailov.
Eslatib o'tamiz, Vladimir Mineev va Magomed Ismailovning o'rtasidagi jang 1 oktyabr kuni AMC Fight Nights turniri doirasida o'tkaziladi.