Bu haqida jangchining menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
"O'ylashimcha, Zabit yaqin orada qaytadi. Men hozir aniq muddatni ayta olmayman, ammo biz hozirda uning keyingi jangi borasida muzokaralar o'tkazyapmiz. Bu jang yoz o'rtalari yoki oxirlariga to'g'ri keladi.
Zabitning qaytishini bir qancha omillar ortga surdi. Jaroxat, kasalliklar. Hozirda uning ahvoli juda yaxshi va hammasi o'z iziga qaytmoqda", - dedi Rizvan Magomedov.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Zabit Magomedsharipov UFC'da 6 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Oxirgi ikki yilda u oktagonga chiqmadi. Zabit so'nggi jangini Kelvin Kattarga qarshi o'tkazib ochkolar hisobiga g'alaba qozongan edi.