SportUz.Net
photo photo

Usik o'zi uchun eng qulay raqib nomini aytdi

25.09.2022 17:40    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida WVA, WVO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usik o'zi uchun eng qulay raqib nomini aytdi.

"Menimcha, eng qulay raqib bu Uaylder.  Ammo, men Tayson Fyuri bilan jang qilishni afzal ko'raman. Sababi o'zim uchun oson yo'llarni qidirmayapman", — deya Usikning so'zlarini keltiradi jurnalist Maykl Benson.

Aleksandr Usik faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. So'nggi jangida ukrainalik bokschi Entoni Joshua ustidan g'alaba qozonib, chempionlik kamarlarini o'zida saqlab qolgandi.

Eslatib o'tamiz, Usik faoliyatini yakunlaguncha Fyuri va Kanelo bilan jang qilish istagi borligini aytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: