"Barcha mavjud hujjatlar va malumotlarni sinchkovlik bilan tahlil qilgandan so'ng, BIIU janob Umar Kremlyovga qo'yilgan barcha ayblovlarni olib tashlashga qaror qildi", — deyiladi IBA matbuot xizmati bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Kremlyov 14 may kuni Istanbulda (Turkiya) bo'lib o'tgan tashkilotning navbatdan tashqari kongressida IBA prezidenti lavozimiga qayta saylangan edi. Boris van der Fyorst saylovlarda rossiyalikning raqibi bo'lishi kerak edi, ammo saylovlar arafasida u chetlatilgandi.
Sport arbitraj sudi (CAS) 14 iyun kuni gollandiyalikning apellyaciyasini ko'rib chiqib, saylovga qo'yilishiga tasir qilmaydigan kichik qoidabuzarlikka yo'l qo'yganini aytgan. SHuningdek, Kremlyov ham xuddi shunday qoidabuzarlikka yo'l qo'ygani qayd etilgan.
25 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar (to'liq ro'yxat)