
"Men boshqa professional ringga chiqmoqchi emasman. Menda 20 yillik ajoyib faoliyat bor. Eng yaxshi jangchilarga qarshi ajoyib natijalar ko'rsatganman. Endi esa shunchaki ko'rgazmali janglarda qatnashmoqchiman. Bu haliyam yaxshi daromad olib keladi. Men bundan zavq olyapman.
Umid qilamanki, 2023 yilda Konor bilan haqiqiy jang qila olamiz. Albatta men olishim mumkin bo'lgan gonorarlar haqida gap bo'ldi. Bu 9 xonali summa bo'lishi haqiqatdan yiroq emas. Ammo bilasizmi, Floyd hattoki 100 million dollardan boshlashga tayyor. Mening falsafam - xech qachon pul ishlashdan to'xtama", - dedi Meyvezer.
"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi
Iliya Topuriya: "Men Maddalena emasman. Maxachevni o'ng qo'lim bilan ursam, uyquga ketadi"