SportUz.Net

Aldo Konordan uchralgan mag'lubiyatni esladi

22.09.2022 20:20    


Rasmni yuklab olish

Braziliyalik sobiq UFC chempioni Joze Aldo 2015 yili nima uchun Konor Makgregorga qarshi jangda yutqazib qo'yganligi haqida gapirdi.

"Menda raqibni mensimaslik holati bo'lmagan. Men ko'p shug'ullanaman, chunki kimga qarshi jang qilmay, qarshimda eng kuchlilar turayotgani va eng yaxshi formada bo'lishim kerakligini tushunardim.

Makgregor bunga haqli edi. U mendan yirikroq va birinchi bo'lib zarba bergan. Mening zarbam ham unga tekkan, ammo unikidan keyin. Agar uning zarbasi bo'lmaganida, bu yaxshi hujum bo'lardi. Ammo Konor men nima qilishim kerakligini bilgandi. 

Odamlar u mening boshimga qattiq zarba bergani haqida aytishadi, ammo men xotirjam edim va yaxshi fikrlardim. Zarbaning o'zini men his qilmagandim", - dedi Aldo. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: