«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar tarqatdi.
APL klublari sardorlari, bir necha nafar futbol ekspertlari o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomada Xoland eng ko‘p ball to‘pladi. Norvegiyalik futbolchi ushbu tanlovda Kevin De Breyne («Manchester Siti»), Xarri Keyn («Tottenxem»), Martin Edegor, Bukayo Saka (ikkisi — «Arsenal»), Markus Reshford («Manchester Yunayted») va Kiran Trippyer («Nyukasl»)ni ortda qoldirdi.
22 yoshli Erling Xoland APLning joriy mavsumida 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 36 gol va 8 assist muallifiga aylandi.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi