
Mukofot jamg'armasi 60 ming evroni tashkil etuvchi ushbu turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'rdi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davradayoq mag'lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashdi.
Abduraimova asli kelib chiqishi nigeriyalik, hozirda Germaniya sharafini himoya qilayotgan Noma Akugega 1 soatu 53 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4/6, 6/7(9) hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, turnirda oltinchi raqam ostida tasniflangan Nigina WTA reytingida 181, Noma esa 215-o'rinni egallab turibdi.

UFC sobiq chempioni Xabib va Aleks Pereyraning faoliyati o'rtasidagi farq haqida gapirdi
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"