SportUz.Net
photo photo

UFC'chilar ko'rmasin: Boks "boyvachchalari" janglardan qancha pul ishlab topgan?

07.05.2023 17:00    


Rasmni yuklab olish

Ring millionerlari haqida.

Boks uzoq vaqtdan beri butun dunyo bo'ylab eng mashhur sport turlaridan biri hisoblanadi. Sportning ushbu turi bo'yicha ko'plab jangchilar jahonga tanilgan va mo'maygina daromad ishlab olgan. Bugun biz ringdan tashqarida olinishi mumkin bo'lgan son-sanoqsiz reklama va homiylik daromadlaridan tashqari boks orqali eng ko'p pul topgan charm qo'lqop ustalari haqida so'z yuritamiz. 

1. Floyd Meyvezer (560 million dollar)

Hozirda "nafaqa"ga chiqqan Floydning boyligi 560 million dollarni tashkil etadi. AQSHlik bokschi prof ringda jami 50 ta g'alabaga erishgan. SHulardan 27 tasi muddatidan avval yakunlangan. SHuningdek, u biror marta ham mag'lub bo'lmaganini takidlash lozim. 

"Uzun-quloq" xabarlarga ko'ra, Meyvezer 2014 yildagi 14 soniya davom etgan jangi uchun 9 million dollar ishlab olgan.


2. Jorj Forman (300 million dollar) 

Iyun oyida 74 yoshga to'ladigan Jorj o'z karerasi davomida 81 ta jang o'tkazib, 76 bor g'alaba qozongan, g'alabalarining 68 tasi muddatidan avval yakunlangan. "Qariya"ning faoliyati davomida to'plagan daromadi 300 "limon"ni tashkil etadi.


3. Menni Pakyao (220 million dollar)

Jahon boksining tirik afsonasi sanalmish Menni 220 million dollar bilan ro'yxatning 3-pog'onasidan joy egallagan. Pakyao beshta vazn toifasida chempion bo'lgan yagona bokschi bo'lish bilan bir qatorda, aktyor, siyosatchi va Filippin Senatining sport qo'mitasi raisi hamdir.


4. Oskar de la Xoyya (200 million dollar)

1973 yil AQSHda tug'ilgan Oskarning boksdan ko'rgan umumiy daromadi 200 million dollarni tashkil etadi. 2008 yil karerasini yakunlagan amerikalik jangchi hozirda "Golden Boy Promotions" orqali ham "soqqa" qilib turibdi. 



5. Kanelo Alvares (140 million dollar)

Alvares bugungi kunda eng ko'p maosh oluvchi bokschilardan sanaladi. U 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning martiga qadar individual shartnoma miqdori bo'yicha etakchi sportchi bo'lgandi. SHuningdek, Kanelo janglarni eng qimmat narxda (73 million dollar) translyaciya qiladigan bokschi.


Habib Jo'raboev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: