SportUz.Net
photo photo

«Manchester Siti» - «Vest Xem» o‘yinidan keyin Holand yangilagan rekordlar haqida

04.05.2023 15:00    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 28-turida “Manchester Siti” “Vest Hem” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Bu uchrashuv Erling Holand uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Norvegiyalik bombardir APLda bir mavsumdagi gollar bo‘yicha rekordni yangiladi. Erling 2022/23 yilgi mavsumdagi 35-golini urdi.

Shu vaqtga qadar rekord Endi Koul/Alan Shirerga tegishli edi. Ikkala futbolchi hisobida 34 tadan gol mavjud.  Biroq ular davrida Premyer Liga bahslari 38 ta emas, 42 tani tashkil etgan.

38 o‘yinlik mavsumlardagi rekord “Liverpul” futbolchisi Muhammad Salohga tegishli edi. Misrlik futbolchi 5 yil oldin, 2017/18 yilgi mavsumda 32 ta gol urgan. Holand bu rekordlarni yangiladi. Qayd etib o‘tish joiz, “Manchester Siti”ning APLda yana 5 ta o‘yini bor.

“Siti” shtabi va futbolchilari Holand maydonni tark etayotganda unga o‘ziga xos yo‘lak tashkil qildi.

— Holand rekord golini “Vest Hem” darvozasiga urdi — APLdagi birinchi golini ham xuddi shu jamoa darvozasini ishg‘ol qilgandi.

— Erling APLdagi beshta jamoadan ko‘proq gol urdi (va “Kristal Pelas” bilan gollari teng). Norvegiyalikning eng yaqin ta’qibchisi Harri Keyn hisoblanadi. “Tottenhem” hujumchisi joriy mavsumda 25 ta golga mualliflik qildi. Keyn Premyer Liganing so‘nggi sakkiz mavsumidan beshtasida “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan.

— Angliya oliy divizionlarida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan so‘nggi futbolchi Ron Devis edi. U 1966/67 yilgi mavsumda 37 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Lekin bu liga APL bo‘lishidan oldin edi.  

— Erling “shaharliklar” safidagi debyut mavsumida 51 ta gol urdi. Bu uchun hujumchiga 45 ta o‘yin kifoya qildi. Angliya oliy divizioni tarixida faqatgina bir futbolchi barcha musobaqalarda bundan ko‘proq gol urgan — Diksi Din. “Everton” sobiq futbolchisi 1927/28 yilgi mavsumda 63 ta golga mualliflik qilgan.

— Erling Holandning o‘zi bu haqida: “Uyga boraman, videoo‘yinlar o‘ynayman, biror narsa tanovul qilib, uxlayman”.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: