«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan «RB Leypsig» klubiga qarshi o‘yinda (7:0) beshta gol muallifiga aylandi.
Ushbu gollar tufayli norvegiyalik futbolchining YECHLdagi gollari soni 30taga yetdi. Xoland ushbu natijaga eng tez erishgan va bunday natijani eng yosh qayd etgan o‘yinchiga aylandi.
Erling YECHLning 25 ta uchrashuvida 30ta gol urdi. Bu borada avvalgi rekord Ruud van Nistelroyga tegishli edi – 34 o‘yin.
Xoland 30ta golli marrani 22 yoshu 236 kunlikda zabt etdi. Bu rekord shu paytgacha "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappega tegishli edi 22 yoshu 352 kun).
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida