SportUz.Net

Bu ishni faqat Benzema va Messi uddalamoqda

22.02.2023 07:00    


Rasmni yuklab olish

«Real» hujumchisi Karim Benzema «PSJ» forvardi Lionel Messiga tegishli bo‘lib turgan rekordni takrorladi.

Fransiyalik futbolchi "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (5:2) dublga erishdi. Ushbu gollar Benzema uchun Chempionlar ligasi doirasida joriy mavsumdagi dastlabki gollar bo‘ldi.

Karim ushbu mavsumda ketma-ket 18 mavsumdan buyon gol urib kelmoqda. Shu paytgacha bu natijaga faqat Messi erishgandi. Har ikki o‘yinchi mavsum-2005/06dan boshlab YECHLda kamida bittadan gol urib kelishmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: