SportUz.Net
photo photo

Maxachevning yangi raqibi - UFC'ning asosiy jangchisi: u qurilishda ishlagan, 30 kg vazn yo'qotgan va samolyotda bu hayotni tark etishi mumkin edi

10.02.2023 20:34    


Rasmni yuklab olish

Aleks Volkanovskidan chempionlik motivaciyasi.

Volkanovski nima bilan mashhur va qanday qilib UFC'ning eng yaxshi jangchisiga aylandi?

U Avstraliyada kurash bilan shug'ullangan va regbi o'ynagan. MMAga tasodifan kirdi 

Aleks Volkanovski Avstraliyada tug'ilgan: otasi makedoniyalik, onasi yunon. U yoshligidan jang sanati bilan shug'ullangan: sakkiz yoshida yunon-rum kurashiga borgan, 12 yoshida esa Avstraliya chempionatida g'olib chiqqan.

14 yoshida Volkanovski kurashni tashlab, regbiga o'tdi, bu Avstraliya uchun ko'proq istiqbolli edi. U mintaqaviy yarim professional ligasining Warilla Gorillas jamoasiga olindi. 2011 yilda Volkanovski jamoa bilan mamalakat chempionligini qo'lga kiritdi va mavsumning eng yaxshi o'yinchisi uchun beriladigan sovrinni kiritdi. Keyin u birinchi chiziq hujumchisi sifatida o'ynay boshladi va maydondagi vazifasini shunday tarifladi: «Menga to'pni bering, men yuguraman».

Hozir esa Aleks engil vaznda (66 kg gacha) jang qiladi. U professional bo'la olmadi, lekin regbi o'ynash MMAga o'tishda yordam berganiga amin: «Meni o'ynagan regi ligasi kuchli va bardoshli mashina edi. CHunki o'sha sportda men yirtqich hayvonlarni uchratdim. Hozir esa men engil vazndagi MMA jangchilariga qarayman - ular juda kichik».

2012 yilda Volkanovski engil jarohat oldi, shu sababli u to'liq shug'ullana olmadi. Formasini saqlab qolish uchun u do'sti shug'ullangan MMA sport zaliga keldi. O'sha kun kelajakni belgilab berdi:

«Menda jarohat bor edi. Jarohat jiddiy bo'lmaganligi sababli men mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishdan tashvishlanmadim. Mavsum boshlanishidan oldin o'zimizni tiklab olishimiz va formamizni saqlab qolishimiz kerak edi. SHuning uchun men MMAni tanladim. Men kurashchi bo'lganman va funkcionallik aralash yakkakurashlar uchun asos ekanligini juda yaxshi bilardim».

Volkanovski 22 yoshga to'laganida murabbiyi Jo Lopes bilan uchrashdi, u bilan hamon birga ishlaydi. Murabbiy uning kuchiga qoyil qoldi - ayniqsa sparringda:

«U shunchaki formasini saqlab turish uchun kelgan. Va shu kuni bizda ochiq sparring kuni bo'ldi, bunda har kim ishtirok etishi mumkin edi. SHuningdek, boshqa zallardan ham yigitlar kelishdi. Men jangchimni tayyorlayotganimda, boshqa murabbiy Aleksni o'z sportchisiga qarshi chiqishga ko'ndirdi. Men buni kech payqadim, uni to'xtatmoqchi bo'lganimda, sparring boshlandi. Men xavotirga tushdim, lekin bir daqiqadan so'ng Aleks raqibini og'ritish usuliga tushirdi va g'alaba qozondi. Keyinroq men Volkanovskiydan: «Yigitcha, jang qilishni istaysanmi deb so'radim va u: «Ha. Men har doim shuni orzu qilganman» - dedi».

Volkanovskiy MMA sport zaliga tobora ko'proq kela boshladi. U havaskorlar darajasidagi to'rtta jangda osonlik bilan g'alaba qozondi, regbi klubi bilan shartnomani uzaytirmadi va janglarga kirishdi: «Havaskorlar o'rtasida 84 kg vaznda jang qildim. Va men ularni osonlik bilan mag'lub etdim. O'sha payt nima dedim bilasizmi? «Bularga o'zim g'amxo'rlik qilaman».


U Avstraliyada muvaffaqiyatga erishdi, lekin orzusi UFC edi

Sportdagi muvaffaqiyatlarga qaramay, Volkanovski uzoq vaqt qurilish maydonchasida betonchi bo'lib ishladi. U 2014 yilda Tiger Muay Thai klubining yillik Tryorts'da g'olib chiqqanidan keyin qurilishdagi ishidan ketdi. G'alaba yillik bepul mashg'ulot va boshqa bonuslarni berdi: uy-joy, oziq-ovqat, epikirovka va menejerlik yordami. Volkanovskida Tailandga borish uchun pul yo'q edi - bunga sobiq regbi jamoadoshlari yordam berishdi.

Professional MMAda u yarim o'rta vazn toifasiga tushib qoldi: u uchta jangda g'alaba qozondi, ammo Avstraliyaning asosiy promousheni OFKda mag'lub bo'ldi. Bu 2013 yilning 10 may kuni sodir bo'ldi – o'shandan beri mag'lubiyatsiz ceriya davom etmoqda. Kori Nelson parterda ustunlik qildi va jangni uchinchi raundda xay-kik bilan yakunladi.

«Jangdan so'ng biz liftda ko'rishib qolganimizni eslayman. Men uning irodasidan hayratda qolganimni aytdim va unga yarim o'rta vazndan engil vaznga o'tishni maslahat berdim. U murabbiyi bilan hatto yarim engil vazn toifasiga o'tishni rejalashtirayotganini aytdi», - deb eslaydi Nelson.

Mag'lubiyatdan keyin Volkanovski jiu-jitsu bilan shug'ullandi va bir necha oy o'tgach, 85 kg vazn toifasida Avstraliya chempioni bo'ldi. Avvaliga yarim engil (70 kg gacha), keyin esa engil vazn toifasiga (66 kg gacha) tushdi. Vazndagi poygalar va jangdan bir kun oldin etti kilogramm vazn tashlash juda qiyin edi. Aleks yuklamalarni engillashtirish uchun o'z turmush tarzini va ovqatlanishini butunlay o'zgartirdi va uning asl vazni taxminan 75 kgni tashkil etardi:

«Regbida men birinchi qatorda edim: menga to'pni bering, men yuguraman. Ilgari shunday edi. Endi men 30 kg yo'qotdim, bunga aql bovar qilmaydi. MMAga o'tganimda ko'pchilik meni aqldan ozgan deb o'yladi va fikrimdan qaytarmoqchi bo'lishdi. O'zimni ancha yaxshi his qilyapman va bundan faxrlanaman. SHundan keyin faqat bitta maqsad bor edi: dunyodagi eng zo'ri bo'lish».

UFC'ga kelishdan oldin Volkanovski Avstraliya mintaqaviy ligalarida g'alabalarni ko'paytirdi va kamarlar kollekciyasini to'pladi. Yarim o'rta vazn toifasida u Roshambo MMA  va Southern Fight Promotions'da kamarlarni qo'lga kiritdi. Engil vaznda u Wollongong Wars, yarim engil vaznda - Pasific Xtreme Combat, Roshambo MMA va Australian Fighting chempioni bo'ldi. Faoliyatining boshida Volkanovski Xalk taxallusi ostida jang qilgan, ammo vaznini o'zgartirgani uchun bu nomdan voz kechdi va buyuk Aleksandr Makadonskiy nomini oldi.

Volkanovski UFC'dagi debyutini 2016 yilning noyabr oyida o'tkazgan va ikkinchi raundda Yusuke Kasuyani texnik nokaut bilan mag'lub etgandi. Jang engil vaznda bo'lib o'tdi - qolganlari yarim engil vaznda bo'lib o'tdi. Debyutni tomosha qilish uchun 200 ga yaqin makedoniyaliklar keldi - Volkanovski UFC'dagi g'alabali ceriyasini shunday boshladi.

UFC'ni zabt etdi: barcha raqiblarini mag'lub qildi, lekin Aldoga qarshi jangdan so'ng o'lishiga oz qoldi. Hollouey bilan trilogiya Volkanovskini buyuklikka etakladi

Ketma-ket oltita g'alabadan so'ng, Volkanovski sobiq chempion Joze Aldoga qarshi jang qildi va har uchala raundda ustunlik qildi.

G'alabadan keyin his-tuyg'ulari tufayli oyog'idagi og'riqni etiborsiz qoldirdi. Oyoq shishib, qizarib ketdi, uyga qaytayotganda bosh aylanishi paydo bo'ldi. Samolyot CHiliga qo'ndi, Volkanovski zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi. Uning so'zlariga ko'ra, agar u kechroq parvozga chiqsa, oyog'idan ayrilishi va hatto o'lishi ham mumkin edi - tana harorati 40 darajaga ko'tarilgan.

UFC'dagi ketma-ket ettita g'alaba Volkanovskini chempionlikka olib keldi va u erda bir hakamlarning yakdil qarori bilan Maks Xolloueyni mag'lub etdi. Biroq revansh jangida hakamlar qarori turlicha edi. Bahsli tarzda g'alaba  qozondi va kamarni himoya qildi. Keyin u Brayan Ortega, Jung CHang Sungni engdi va yana Xollouey bilan uchrashdi - bu safar u ishonchli tarzda, stoykada g'olib bo'ldi.

2022 yil avgust oyida Kamaru Usman Leon Edvardsga mag'lub bo'lgach, Volkanovski vazn toifasidan tashqari UFC reytingida birinchi bo'ldi. Bir necha oy o'tgach, Islam Maxachev ikkinchi o'rinni egalladi - ularning 12 fevraldagi jangi birinchi raqamni aniqlaydi. Volkanovskiyning vazn ko'tarish qarori mantiqan to'g'ri: yarim engil vazn toifasida raqobat yo'q, chunki asosiy antagonist - Xollouey pasayishda, yosh TOP jangchilar esa faqat chempionlik uchun harakat qilishmoqda.


Oila - uning motivaciyasi!

Volkanovski oktagondan tashqarida juda mehribon. U katta yulduzga aylanmadi va zerikarli janglar uchun qoralanadi (Ortega bilan qonli to'qnashuv va Xollouey bilan uchinchi jang haqida bunday deya olmaymiz). Uning motivaciyasi oiladir. Volkanovskiy rafiqasi Emma bilan qurilishda ishlayotgan paytda uchrashgan. U rafiqasiga birinchi farzandi tug'ilgunga qadar UFC jangchisi bo'lishini vada qilgan edi.

Birinchi farzandi tug'ilganda, Volkanovski UFC'ga chiqa olmagan edi va u bundan qattiq xafa bo'ldi. Biroq Aleks to'xtamadi. Endi u promoushenning eng yaxshi jangchisi, yaxshi haq oladi va Emma bilan ikkita qizni - Ariana va Eyrlini tarbiyalamoqda.

Oktagondan tashqari boshqa ishlar qatorida uning hayoti haqida hikoya qiluvchi rasmli kitob chiqarish rejasi ham bor:

«Kitob men haqimda bo'ladi, bu juda zo'r. Bu jahon chempioni bo'lish qanday ekani va shunga o'xshash narsalar haqida. Hammamiz ham avtobuslarga tosh otadigan, keksalarni kaltaklaydigan jinnilar emasmiz, negadir matbuotda ko'proq shu narsa haqida gapirashadi. Menimcha, bu barchamiz ham shunday emasligimizni ko'rsatishning yaxshi usuli. Men biladigan hurmatga loyiq jangchilar bor».


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: