Yoshlar o'rtasida "Katta Dubulg'a" sirasiga kurivchi AQSH ochiq chempionati g'olibi (2015), Avstraliya Ochiq chempionati ikkinchi o'rin sohibi (2016), "Uimbldon" musobaqasi chorak finalchisi Jo'rabek Karimov bir paytlar o'zbek tennisining kelajagi bo'lishi kutilgan, ammo etiborning sustligi, musobaqalarning kamayib ketishi hamda bir qancha tushunmovchiliklar sabab hamyurtimiz chet elga ketishga majbur bo'ladi.
Hatto hozir ham Jo'rabekdan o'zbekistonlik tennis muxlislari nimadir kutishadi, uning "umid uchquni" ekaniga ishonishadi. Tennischimiz 2021 yildan buyon AQSHda istiqomat qiladi. U katta tennisdagi faoliyatini to'xtatib, universitetda tahsil olmoqda. Jo'rabek Karimovning AQSHdagi hayoti va universiteti haqida, professional tarzda yana katta tennisga qaytadimi yoki yo'q, O'zbekiston uchun yana musobaqalarda ishtirok etadimi, tennis federaciyasi bilan o'rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelganmi yoki yo'q, o'zbekistonlik tennischilar bilan munosabati qanday, shu kabi savollarga jurnalist Diyorbek Mavlonov tashkil etgan intervyu orqali javob olishingiz mumkin.
— Jo'rabek aka ko'pchilik sizning O'zbekiston termasidagi o'yinlaringiz, yoshlar o'rtasidagi Australian Open musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtiroklaringiz orqali yaxshi eslaydi. Ammo ikki yildirki, tennis muxlislari sizning o'yiningizni sog'inishadi. AQSHga ketish varianti sizda birdaniga paydo bo'lganmi yoki bu avvaldan o'ylanganmidi? Sizning AQSHga ketishingiz haqida hatto matbuotda ham malumot deyarli yo'q.
AQSHga ketish. Bu fikr menda 2020 yili Amerikada ko'rgazmali musobaqalarda o'ynab yurgan kezlarimda miyyamga kelgan. Yaqin o'rtoqlarimdan biri bu fikrni shunchaki taklif sifatida aytib ko'rgan. Nega mana shunday kollejda o'ynab ko'rmaysan, deb taklif qilishganidan so'ng, men shu haqida o'ylab, o'sha paytda(2020 yil) Wake Forest universitetida o'ynaydigan tennischi do'stim bilan gaplashganman. U mening fikrimni o'sha erdagi bosh murabbiylarga etkazgan, shunday qilib men o'sha universitet azosiga aylanganman. Umuman olganda, bu narsa rejalashtirilmagan edi. 2020 yil dekabr oyigacha men kollejga boraman yoki Amerikadagi kollejlar tennis tizimida bo'laman deb hech qachon o'ylamagan edim. Bu 3-4 kun ichida bo'lib ketgan voqea (2020 yil, dekabr). O'sha paytda mening tez qaror qabul qilishimga sabab, u erdagi murabbiy meni kollejga hujjat topshirib, o'sha erda o'ynashni istayotganimni bilib, o'sha kuniyoq, o'rtog'im bilan gaplashgan kunning o'zida menga telefon qilib, men bilan gaplashib, o'z xohishini bildirgan. SHu sabab, bu tez sodir bo'lgan.
— Jo'rabek aka AQSHdagi o'qish joyingiz, mutaxassisligingiz haqida malumot bera olasizmi?
Men hozirda o'qiyotgan mutaxassisligim bu, agar ingliz tilidan tarjima qiladigan bo'lsak, muloqot bo'yicha (kommunikaciya - izoh). Bu soha nima vazifani bajaradi? Masalan, eski sovet davlatlarini oladigan bo'lsak, bu soha unchalik ham rivojlanmagan. Lekin AQSH yoki Evropa davlatlarida, katta kompaniyalarda, barcha mahsulot chiqaradigan joylarda mahsulot sifatini yaxshilash uchun mijozlar bilan muloqot qilish kerak, fikrlarini olish kerak. Mening soham, mutaxassisligim shundan iborat. Meni ishim mijozdan tez, va "joniga tegmasgan" holda mahsulot haqidagi fikrini bilib olishdan iborat. Umuman olganda, kadrlar bilan ishlash, mass media, imedjmeykerlik va asosan mijozlar bilan ishlash mening sohamga kiradi. Boshqacha aytganda, mijozlar bilan ishlash yoki kompaniya brendini yaxshilash.
Jo'rabek Karimov Oliver Anderson bilan o'yindan so'ng, Avstraliya ochiq chempionati 2016
Foto: gettyimages
— Tennisdan uzoqlashish siz uchun qanchalik qiyin bo'lgan? Har holda, eng gullagan yoshingizda katta tennisni tark etgansiz...
Birinchidan, Diyor buni O'zbekistondagi eski sovet davlatlaridan qolgan steriotip deyish mumkin. Men o'qishga kirganimdan buyon har kuni, hattoki shanba kuni ham mashg'ulot qilaman. CHunki bizda hozir buning mavsumi hisoblanadi. Yanvardan may oyigacha "sezon". Qolgan paytlarda bemalol o'qiyverasiz. "Sezon" bo'lmagan paytlarda, masalan avgustda o'qish boshlansa, dekabr oyigacha bizda har kuni mashg'ulot o'tkaziladi, har kuni jismoniy tayyorgarlik ustida ishlaymiz. Biz zalga boramiz, yugurish yo'laklariga chiqamiz. u shunchaki zal emasda, engil atletika jamoamiz uchun maxsus tayyorlangan joyga chiqib yuguramiz biz. O'zbekistondagi odamlar, agar siz tennisning ortidan kollejga topshirsangiz, bo'ldi tennisdan ketdi, faoliyatini tugatdi, deb o'ylashadi. Agar haqiqatni olib qarasak, bu umuman noto'g'ri o'y bo'lib chiqadi. CHunki, bu erda siz tennis bilan juda ham ko'p shug'ullanasiz. Men tennisni futbol yoki basketbol jamoasi bilan solishtirsam bo'ladi. Nega desangiz, bizda hozir bu jamoada nima desangiz hamma narsa bor, barcha sharoitlar mavjud. Misol uchun, o'zimizning kortlarimiz, raketkalarimiz, mashg'ulot bo'yicha o'z rejimlarimiz bor. Bizdan, yani "student"dan talab qilinidigani, faqat kortga o'z vaqtida kelish, o'z ishingizni, mashg'ulotingizni qilish, yaxshi ovqatlanib, yaxshi o'qish, bo'ldi. Professional tennisda bu sal boshqacharoq, shuning uchun, bu tomondan olib qaraganda hatto kollejdagi tennis qulayroq tennischi uchun.
— AQSHda o'z oilangiz bilan istiqomat qilasizmi?
Yo'q, men bu erda bir o'zim yashayman. O'qishimni oldida, kvartirada ijarada turaman. SHuning uchun, bir o'zim bu erda hech-qanaqa tanish-bilishim yo'q. Men sizga hatto ko'proq narsa aytishim mumkin: men o'qiyotgan universitetda bitta ham rus tilida gaplashadigan odam yo'q. Bu degani, eski sovet davlatidan hech kim yo'q degani. SHu sababdan, meni ingliz tilim yaxshiroq bo'lishi uchun bu juda katta imkon bo'ldi.
— O'qishdan bo'sh paytlaringizda nimalar bilan shug'ullanasiz AQSHda, yani kun grafingiz nimalardan iborat? U erdagi hayot O'zbekistondagidan qanchalik farq qiladi? Qaysi sohalarda o'rnak olsak bo'ladi Amerikadan?
Bu men uchun juda ham qiyin savol. Ikkinchi qismini shunday deyish mumkin (kuladi). Nima qilardim, bularning barchasi, yani mening kun tartibim o'qishimning grafigiga bog'liq bo'ladi. Maruzalarim qachon, "para"larim qachon, o'shanga qarab, mashg'ulotlarimning vaqti ham aniqlashadi. Tiklanish jarayonlari, fizioterapevtlarga ham qatnayapman. Bilgan bo'lsangiz, may oyida (2022 yil - izoh) elkamni operaciya qildirgandim. Buning harajatini o'qishim qoplab bergan. Bu tomonlama, Amerikada talabalarga juda yaxshi etibor berishadi. Aytmoqchimanki, bularning barchasi o'qishimdagi "para"larimdan kelib chiqib o'tkaziladi. Masalan, meni paralarim qanday? Dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 11 dan 12 gacha bitta "para" bor, 12:30 dan 13:50 gacha ikkinchi "param" bor va 14:00 dan 16:30 gacha uchinchi "param" bor. Bu eng og'ir kunlardan bittasi. SHunday kunlarda men soat 9 dan 10:30 gacha mashg'ulot qilaman. Yarim soat ichida cho'milib, yo'lda "student"ga o'xshab, nimadir eb olib (kuladi), darhol "param"ga boraman. "Param"da o'tiraman, birinchisi tugaganidan so'ng, yarim soat tushlikka ketadi, ulgarsam. Soat 16:30 da "para"larim tugaganidan keyin, jamoa mashg'uloti ham shu vaqtga to'g'ri kelib qolsa, unga boraman. Lekin, har doim har hil, chunki jamoamizda 12 nafar odam mavjud. 12 nafar odamning hammasini o'qish tartibi har hil-ku, shuning uchun mashg'ulotlar har kuni har hil bo'ladi. Unaqasiga, soat 17:30 da fitnes bilan shug'ullanamiz, zalga boramiz. 18:30 da uyga kelaman, cho'milib o'zimga qarayman. 19:30 larda kechki ovqatni tanovul qilib, keyin uydagilar bilan telefon orqali gaplashaman. CHunki bu eng yaxshi vaqt hisoblanadi, uydagilar bilan gapllashish uchun. (O'zbekistonda bu vaqt tonggi 9:00 ga to'g'ri keladi - izoh).
— Wake Forest jamoasida o'tkazayotgan o'yinlaringiz "forma"ni ushlab turish uchunmi yoki bu jamoa universitetingizniki bo'lgani uchunmi? U erda siz o'ynaydigan raqibingiz o'zingiz uchun qay darajada mos?
Yana bir marta qaytaraman: Amerikada o'qishni boshlaganingizdan keyin, bo'ldi tugadi deb o'ylaydi hamma. Lekin unaqa emas. Bu erda misol uchun birinchi raqamli bo'lib o'ynayman. Bu erda birinchi yoki ikkinchi raqamli tennischilar juda ham kuchli o'ynashadi! SHunchaki, eski sovet davlatlarida shunday o'ylashadi. Lekin, Evropada masalan, Ispaniyada o'zingizni yoshingiz bo'yicha kuchli o'ntalikka kirsangiz ham, siz bilan hech qanday shartnoma ham tuzilmaydi, hech kim etibor ham bermaydi. Va o'shalar kollejga kelib turib, to'rt yil o'qib, bitirganidan so'ng, 22 yoshida hotiri jam bo'lib katta sportga qaytsa bo'ladi. Unaqa o'yinchilar juda ham ko'p. Va siz menga ishoning: agar siz Ispaniyada kuchli o'ntalikda tursangiz, bu juda ham yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.
Eng oddiy misol sizga: Ben SHelton degan o'yinchi bor. Hozir adashmasam, dunyo reytingida kuchli elliktalikda turadi, Australian Open'da chorak finalgacha etib bordi. Roppa-rosa bir yil oldin, biz o'sha bolani jamoasi bilan National Indoors musobaqasida birga o'ynashimiz kerak edi. O'sha payti u 700 o'rinda turarmidi, bilmadim. Xullas, shunaqa darajadagi o'yinchi edi va ular boshqa jamoaga yutqazib qo'yishgani uchun boshqa jamoa bilan o'ynaganmiz. Ben SHelton o'sha paytda hal qiluvchi o'yinda yutqazib qo'ygan edi. U hozir bir yil o'tib, elliktalikda turibdi. Va bunaqa o'yinchilar juda ham ko'p. Agar juftlikdagi o'yinchilarga qarasangiz, kamida 10-12 ta o'yinchi topasiz, kollejda o'ynab, keyinchalik professionalga o'tib, yaxshi o'ynab ketganlarini. Masalan, Kemeron Norri, Jon Izner, Stiv Jonson, Kevin Anderson degani bor, juda ko'p bunaqa o'yinchilar. Va buyoqdagi daraja ham juda kuchli.
Jo'rabek Karimov Wake Forest jamoasi tarkibida, 2023 yil 29 yanvar
Foto: wfmenstennis
— Jo'rabek aka O'zbekistonga qachon qaytish niyatidasiz? Sizni bu erdagi muxlislar sog'inishgan, ayniqcha "Devis Kubogi"dagi o'yinlarimizdan so'ng:)
Ochig'ini aytsam, hozir qachon qaytishimni bilmayman. Nega desangiz, birinchi navbatda o'qishimni bitirishim kerak, undan keyin ko'ramiz. Elkamni holatiga qarab, agar elkam yaxshi holatga kelsa, unda o'ynab ko'raman. Amerikada o'ynab ko'rishga harakat qilaman, nimaga desangiz, bu erda hamma narsa, misol uchun musobaqalar ko'p va arzonroq hisoblanadi. SHuning uchun, bilmadim O'zbekistonga qachon qaytaman. Bu savol hozircha ochiq qoladi.
— O'n yillik kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz? Tennis bu o'n yillikdan qanchalik joy egallaydi?
Meni nazarimda, tennis baribir hayotimda qoladi. O'yinchi sifatidami, murabbiymi yoki boshqa, bilmadim, lekin baribir men o'zimni tennisda ko'raman deb o'ylayman. Ammo, bilmadim endi, buni hammasini vaqt ko'rsatadi. Bilasizmi, hayotni juda yaxshi bir odati bor: siz umuman kutmagan vaqtingizda, juda katta o'zgarishlar olib keladi hayot. SHu sabab, bu juda qiyin savol. Lekin, men hali ham o'zimni tennisda ko'raman deb hisoblayman.
— Ko'pchilik yosh tennischilar moliyaviy muammolar sabab karerasini erta yakunlashga majbur bo'lishadi. Kort, murabbiy, raketka va musobaqalarda ishtirok etish yaxshigina mablag' talab qiladi sportchidan (har holda O'zbekistonda). Sizda bunday holat yuzaga kelganmi? O'zi umuman shu holatga tushgan yosh sportchilarga nima degan bo'lardingiz?
Bu juda qiyin savol, nega deganda men juda ham o'rtahol bo'lgan oiladan chiqqanman va yoshligimda bizning oilamiz o'ziga unchalik ham to'q bo'lmagan. SHuning uchun, men bu vaziyatni juda ham yaxshi bilaman. Lekin, meni Alloh bergan istedodimmi, nimadirim bo'lgan. O'sha paytda men tennis kiyimlari, raketkalari va shartnomalarga juda qiziqardim, shunga intilardim. Meni omadim kelib qolgan: 13 yoshimdayoq Evropaga borib, raketka, ekipirovka, shunga o'xshash narsalar borasida shartnoma tuzib kelganmiz. SHunday ekan, bu qiyin masala. Yosh o'yinchilaga nima ham derdim. Bu juda ham qiyin mavzu. Nimaga desangiz, sizni gapingiz, maslahatingiz yosh bolaning butun hayotiga tasir qilishi mumkin. Boshqa tomondan olib qaraganda, siz unga hamma haqiqatni aytasiz, ammo bilasiz-ku, hamma haqiqat ham ijobiy bo'lavermaydi, bazi haqiqatlar juda og'ir bo'ladi. SHuning uchun, yosh bolalarga bu yoshida haqiqatni bilish kerakmi, kerakmasmi, bir narsa deya olmayman. SHunday ekan, men hech narsa demagan bo'lardim. Agar oldimga kelib maslahat so'rashganida, har bir odamning vaziyatiga qarab, maslahat berardim.
— O'zbekiston tennis terma jamoasining o'yinlarini kuzatib borasizmi? AQSH bilan o'yin haqida nima deya olasiz?
Albatta, terma jamoada yosh sportchilarni inobatga olmaganda deyarli har bir o'yinchi bilan yaxshi munosabatdamiz. Yoshlar bilan esa unchalik ham tanish emasmiz. Lekin Fomin, Sanjar Fayziev, Humoyun, Denis biz barchamiz bir-birimizni juda ham yaxshi taniymiz, juda ko'p vaqt o'tkazganmiz birga, musobaqalarda birga o'ynaganmiz. Terma jamoa o'ynasa, albatta kuzatib boraman. Bu yil qura (setka) bo'yicha bizni biroz omadimiz kelmadi. Nimaga desangiz, hamma bilsa kerak, Amerikaning tarkibi juda kuchli. Kuchli elliktalikda ulardan adashmasam, o'nta o'yinchi bor. Bu dunyoning eng kuchli ellikta o'yinchisidan yigima foizi Amerikada degani. Bu qiyin masala. Bizni davlatimiz kichkina, aholimiz ham kam. Imkoniyatlarimiz ham Amerikadagidek emas, shuning uchun men bu narsaga tabiiy qaradim. Bazi bir odamlar bor, bu narsaga orzudek qaraydi. Buning uchun, bizni yigitlar juda ham zo'r o'ynashlari kerak edi, o'zini top o'yinidan ham balandroq o'ynashi kerak edi bu o'yinda yutish uchun. Ulardagi juftlik tennischilari Rejiv Ram dunyoda birinchi o'rinda turadi, Kraychik esa to'qqizinchi o'rinda turadi, shuning uchun juftlik bahslarida g'alaba qozonish ham juda qiyin masala edi. Bizda qura borasida ozgina omadimiz kelmadi.
— Terma jamoa kelajagi sifatida kimlarni ko'rasiz? Har holda, Istomin va Fayziev termadagi faoliyatini deyarli yakunlab ulgurdi...
Meni nazarimda, agar o'zlarini yaxshi his qilishsa, sog'lig'i bilan muammolar bo'lmasa, Humoyun Sultonov va Sergey Fomin bo'ladi. Yoshlar borasida aytganimdek ikki-uch yil O'zbekiston tennisidan uzoqroqda bo'lganim uchun unchalik ham tasavvurga ega emasman. Ha albatta, bizda Amir Milushevimiz bor. Men Amirni o'yinini bir marta ko'rganman, hatto bir safar mashg'ulot ham o'tkazganmiz. Ammo, men u haqida biror narsa deya olmayman, u haqida malumotim ko'p emas. Lekin o'zini yoshi uchun kuchli darajadagi Denis Kudla bilan 4:6, 4:6 o'ynash bu juda ham yaxshi, nazarimda. Agar u shu tempda ketadigan bo'lsa, aniq terma jamoamizning uchinchi raqamli tennischisiga aylanadi deb o'ylayman.
O'zbekiston terma jamoasi "Devis Kubogi" doirasida Livanga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida, 2019 yil
Foto: s_saidkarimov
— Tennischilarimiz bilan tez-tez muloqot qilib turasizmi? Sizningcha, o'tgan yillar davomida qaysi tennischilarimizda o'sish kuzatildi, yoki teskarisi?
Bilasizmi, men Sergey Fomin bilan juda yaxshi munosabatdaman, Sanjar Fayziev bilan har kuni gaplashamiz deya olmayman-ku, ammo tez-tez gaplashib turamiz. Sanjar mendan to'rt yosh kattaroq bo'lgani uchun, yoshi 30 ga sal yaqinlashganidan so'ng (kuladi), menimcha juftlikka o'tkazildi. Va u juftlikda juda yaxshi natijalar ko'rsatmoqda, adashmasam juftlik reytingida 188 o'rinda u, va bu Sanjar uchun juda yaxshi natija. Sergey Fominni hamma biladi. "CHellenjer" yutdi u, bu juda yaxshi natija va men Sergeyga ishonaman, uni kelajagini porloq deb hisoblayman.
— Bu yil qanday yangiliklar kutsak bo'ladi sizdan? Katta tennisga qaytgan taqdiringizda, ATP musobaqalarida, reytinglarida avvalgi mavqeingizni tiklab olish siz uchun qanchalik qiyinchilik tug'diradi?
Rostini aytsam, menda professional tennisga qaytish uchun hozir unaqa katta motivaciyam ham yo'q. Nimaga desangiz, tennisning dunyosi juda ham og'ir. Masalan, futboldami yoki basketboldami, yoki boshqa jamoaviy o'yinlarda oladigan bo'lsak, siz dunyo reytingida o'z sportingizda kuchli besh yuztalikka kirsangiz, millionersiz! Boshqacha aytganda, siz bu ishingizdan bemalol oilangizni boqsangiz bo'ladi. Nima desam bo'ladi, men ham endi kichkina bola emasman, iyun oyida Xudo xohlasa, 25 yoshga to'laman. Ha albatta, sport bu sizning orzuingiz yoki oldingizga qo'ygan maqsadingiz, lekin yoshingiz etgani sayin siz oila qurish haqida o'ylaysiz. Oila uchun erkak kishi bo'lganingizdan so'ng yaxshi moliyaviy fundament kerak. Oilangizni qaysi pulga boqasiz, shular haqida o'ylaysiz. Tennisda agar siz kuchli besh yuztalikda tursangiz masalan, uch yuztalikdan besh yuztalikkacha oladigan bo'lsak, siz faqat minusga ishlaysiz. Mening fikrimga qo'shilmagan har qanday odamga men buni tushuntirib berishim mumkin. Tennisda faqat 150-200-o'rindagi o'yinchilar nolga ishlaydi. Ular tennisdan hech qanday pul ishlab topmaydi. Bir yil o'ynaganingizdan keyin, murabbiyga oylik to'lashni boshlaysiz, juda ko'p davlatlarga borib kelasiz. Buni ko'pchilik orzu qiladi, ammo bir yil o'tib: "mana shuncha ishlab, nima orttirdim?" degan savolingizga o'zingiz javob qaytara olmaysiz. 300-o'rindan pastdagi hamma tennischilar minusga ishlaydi. Hozir menda homiy bo'lmagani uchun, O'zbekistonda 2019 yildan keyin hamma professional musobaqalar bekor bo'lganidan keyin, bu nafaqat motivaciyam va oldimga qo'ygan maqsadimni o'ldirdi, balki yo'q qilib yubordi desa ham bo'ladi.
— Ko'pchilikni qiziqtirgan savol: O'zbekiston tennis federaciyasi bilan orangizda qandaydir tushunmovchilik bo'lmaganmi?
Bizni oramizda anglashilmovchilik bo'lgan, lekin men hech qanday detallarni, kim bilan nima bo'lganini aytmoqchi emasman. Nimaga desangiz, men O'zbekiston tennisini o'zimni uyimdek his qilaman. Uydagi anglashilmovchiliklarni uyda qolishi kerak deb hisoblayman. Agar, siz bizni tennisga yaqin odam bo'lib, o'sha uy sizni ham uyingiz bo'ladigan bo'lsa, siz men bilan federaciyani orasida bo'lgan vaziyatdan juda ham yaxshi xabardorsiz. Agar siz u vaziyatni bilmasangiz, demak siz u uy ichida emassiz. Va bu narsani kimdir mening og'zimdan eshitishini xohlamagan bo'lar edim.
— Sizni taniydigan tennis mutaxassislari sizni juda asabiy, jizzaki deyishadi. Bu hislatingiz tennisda qanchalik pand bergan-u, hayotda qanchalik pand bergan?
Nima desam bo'ladi, albatta yillar o'tganidan keyin bu asab, bu jizzakilik bor albatta. Men har bir matchga yuz foizimni beraman deb hisoblayman. O'yin payti nimadan jahlim chiqadi? O'yin payti men jahlimni yoki kortda his qilayotganlarimni ko'rsatishdan uyalmayman yoki qo'rqmayman. SHu tufayli men Jo'rabekmanda! SHu narsa meni Jo'rabek qiladi. Men o'ynayotgan vaqtimda menga mutlaqo farqsiz edi kim nima deyishi. Ha, buni noto'g'ri deyishim mumkin, qaysi taraflama noto'g'ri? Bu juda ham ko'p energiya oladi. Lekin siz 18 yoshligingizda bu sizni ichingizda yadrodek tuyulardi, siz ichingizda huddi shu narsani his qilardingiz. Misol uchun, siz shu ishga energiya sarflab turib, yutqazganingizdan so'ng o'sha raqibingizni yutishingizni bila turib, buni amalga oshira olmaganingiz sizni jahlingizni chiqaradi. SHu narsadan jahlim chiqardi meni. O'yinda bazi vaziyatlarda bu minus bo'lardi meni nazarimda. Yana bazi vaziyatlarda esa aksincha menga yordam bergan. Lekin ko'proq minus bo'lgan men uchun. Hayotda esa ha asabiyligim bor. Lekin men hech kimni haqorat qilmayman, hech kim bilan yomon muomalada gaplashmaslikka harakat qilaman. Va agar siz birinchi bo'lib menga yomon muomala qilmasangiz, men sizga hech qachon yomon muomala qilmayman. Agar kimdir menga shu narsani qilsa, men jim tura olmayman, yani agressiv javob qaytaraman. Bu men uchun qiyin ish emas.
— O'zbekistonda tennisning rivojlanishini ko'pchilik mamlakatning birinchi prezidentiga bog'laydi. Nima deb o'ylaysiz, hozirda tennis bizda rivojlanyaptimi yoki pastga sho'ng'iyaptimi?
Meni nazarimda, tennis 100 % rivojlanmayapti. Fikrimcha, tennis bizda juda katta regress jarayonida. Nega desangiz, bizda oldin to'rtta "fyuchers", to'rtta "chellenjer" va huddi shuncha ayollar musobaqalari ham bo'lardi. Hammasini hisoblaydigan bo'lsak, bizda 13 ta musobaqa bor edi. Hozir 13 ta musobaqadan bizda bittasi ham qolmadi. O'zbekistonda bugungi kunda havaskorlar o'rtasidagi musobaqalar professionallarnikiga qaraganda ko'proq. Mana yosh tennischilar ham shuncha shug'ullanishadi, bizda ITF musobaqalarimimz bor (18 yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida), lekin undan keyin qaerda o'ynasa bo'ladi? Bundan keyin o'sish qaerdan bo'lsin? Masalan, bizni federaciyamiz o'yinchilarga hatto pul ajratmagan bo'lsa ham, hech bo'lmaganda o'z uyimizdagi (O'zbekiston) musobaqalarda yaxshi ishtirok etib, o'sha erda bir-ikki so'm ishlab, keyin o'sha pulni boshqa davlatlarga chiqishga ishlatsangiz bo'lardi. Hozir u ham yo'q, bu ham yo'q, tushunyapsizmi? Avval men yosh bo'lganimda, bizga kam etibor ko'rsatishyapti deb o'ylardim, endi rostini aytsam noligan ekanman o'sha paytda. Ha, o'sha paytdagi federaciyamizga ham ko'p savol bo'lgan. Endi bu federaciyaning yuritayotgan siyosati qanaqa holatga olib boradi, tushuntira olmayman. Menda umuman boshqa fikr, O'zbekiston tennis federaciyasi yuritayotgan siyosat faqat tennischilarning ichidagi motivaciyasi va xohishini kamaytirmoqda deb o'ylayman.
— Katta tennisga qaytgan taqdiringizda sizni olimpiada yoki Osiyo o'yinlari kabi musobaqalarda ko'rishimiz mumkinmi?
Agar uch-to'rt oy ichida fikrim o'zgarib, yoki boshqa imkoniyatlar paydo bo'lib qolib qaytsam, qo'ldan kelgancha harakat qilaman. Bu faqat menga bog'liq narsa emas. Agar nasib qilgan bo'lsa, o'ynaymiz. Nasib qilmagan bo'lsa, endi uyog'i qiyin.
— O'zbek va dunyo tennisidagi kumirlaringiz.
Avvalo bu Denis. U ham kumirim, ham katta akam va shu bilan birga o'zim uchun namuna edi. Mening hurmatim cheksiz Denis uchun va unga buni aytganman, o'ylashimcha. Birinchi o'rinda, albatta Denis, o'zbekistonlik bo'lgani uchun. Menda kumir bo'lganmi bilmadim, agar bilsangiz men har doim bandanada o'ynayman. Bu qaerdan kelib chiqqanini hamma bilsa kerak. Bu faqat menda emas, tennis olamining to'qson foizi Federer yoki Nadal orqali shunday qilishgan. Menda aynan Federer bo'lgan. CHunki, men uchun eng chiroyli, eng tomoshabop tennis Federerniki bo'lgan. O'yin tomonidan olib qarasak, albatta Novak Jokovich. Esimda, 2012 yil Jokovich bilan Nadal Australian Open finalida besh soatu ellik ikki daqiqa o'ynashgan edi. Butun matchni biz dodamlarning uylarida ko'rgan edik. Men, rahmatli dadam, dodam, akam, hammamiz ko'rib o'tirganmiz. Men o'sha paytda 13 yoshli bola edim. O'sha o'yindan keyin nafaqat Jokovich, balki tennisni ham yoqtirib qolgan edim.
— Tennisdan tashqari qaysi sport turlarini muntazam kuzatib borasiz?
Bu savolga beradigan javobim ko'pchilikka yoqmasa kerak. Men 2020 yil, Kovid yilida hamma uyda, hech narsa ko'ra olmaydigan paytda juda ham kibersportga qiziqib qolganman. Kibersportning juda ham mashhur o'yini bor bu Counter Strike. SHu o'yinni ohirgi ikki-uch yilda juda ham ko'p ko'radigan, qiziqadigan bo'lganman. Ikkinchi o'rinda albatta futbol, Jahon chempionati finalini adashmasam, hamma baqirib-baqirib ko'rgan (kuladi), men ham shular qatoriga kiraman. Yana Formula-1 yoqadi menga. Amerikadagi mashhur sport turlari, jumladan, Amerika futboli, beysbol yoki basketbol umuman yoqmaydi. Basketbolni ozgina ko'rishim bilan "jonimga tegib ketadi".
— O'zbekistondagi ko'pchilik odamlar tennisni keraksiz sport turi sifatida bilishadi. Tennischi sifatida siz bunday insonlarga nima degan bo'lar edingiz?
Qaysi sport turi kerak yoki qaysi sport turi kerak emasligi bu noto'g'ri fikr. Nimaga desangiz, bu sport turi olimpiadagi kiritilgan, adashmasam juda ham ko'p sport turlaridan avval olimpiadagi kiritilgan tennis. Ikkinchidan, tennis butun dunyo bo'yicha hurmat qilinadigan sport turi hisoblanadi. Bu sportni dunyoda juda ham ko'p odam tomosha qiladi. Masalan, O'zbekistonni emas, butun dunyoni olsak, bitta kanalda karatemi, havaskorlar o'rtasidagi boksmi yoki taekvandomi bo'ladigan bo'lsa va boshqa kanalda "Rolan Garros" yoki "Uimbldon" finali bo'ladigan bo'lsa, 80 % odam tennis ko'radi deb o'ylayman. Men hozir sanagan sport turlarini kamsitmoqchi emasman, yoki bu sport turlarini bizga kerak emas demoqchi emasman. Lekin ko'rish uchun qiziqarli, qiziqarsiz narsalar bor . Butun dunyoda tennis ko'rish uchun qiziqarliroq, nimaga desangiz, bu o'yin yakkakurashlar ham qiziq. Ammo reyting ham aslida hammasi qanday ekanini ko'rsatib turadi. Umuman olganda, tennismi, futbolmi baribir reytingi balandroq bo'ladi deb hisoblayman. SHuning uchun ham mening nazarimda tennis kerak, va olimpiya sport turlariga kiritilgan barchasi bizga kerak deb hisoblayman.
Diyorbek Mavlonov suhbatlashdi