SportUz.Net

Gavi, Pedri, Musiala va Bellingem. 2022 yilning eng yaxshi yosh futbolchilardan iborat ramziy jamoa

21.01.2023 15:31    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) 2022 yilning eng yaxshi yosh futbolchilardan iborat ramziy jamoasini e’lon qildi.

Ramziy jamoaga 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar kiritilgan.

Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish olgan:

Darvozabon: Gevin Bazunu («Sauthempton», Irlandiya);

Himoyachilar: Pyero Inkapie («Bayer», Ekvador), Yoshko Gvardiol («Leypsig», Xorvatiya), Nunu Mendesh («PSJ», Portugaliya);

Yarim himoyachilar: Gavi («Barselonal, Ispaniya), Jud Bellingem («Borussiya D», Angliya), Pedri («Barselona», Ispaniya), Eduardo Kamavinga («Real», Fransiya);

Hujumchilar: Jamal Musiala («Bavariya», Germaniya), Karim Adeemi («Borussiya D», Germaniya), Ansu Fati («Barselona», Ispaniya).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: