SportUz.Net
photo photo

Ronaldudan noyob natija

23.02.2021 08:30    


Rasmni yuklab olish

«Yuventus» 22 fevral kuni Italiya A chempionatining 23-turi doirasida «Krotone»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu mazkur o‘yinda dublga erishdi. Natijada portugaliyalik futbolchining barcha musobaqalar doirasida joriy mavsumdagi gollari soni 25taga yetdi. Shu tariqa, 36 yoshli futbolchi ketma-ket 14 mavsumdan buyon kamida 25ta gol urib kelmoqda.

Ronaldu bunday natijani mavsum-2007/08dan boshlagan bo‘lib, o‘shanda u «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilardi.

Ronalduning mavsumlar bo‘yicha gollari soni:

2007-08 — 42 gol
2008-09 — 26 gol
2009-10 — 33 gol
2010-11 — 53 gol
2011-12 — 60 gol
2012-13 — 55 gol
2013-14 — 51 gol
2014-15 — 61 gol
2015-16 — 51 gol
2016-17 — 42 gol
2017-18 — 44 gol
2018-19 — 28 gol
2019-20 — 37 gol
2020-21 — 25 gol*



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: