
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiyaga ko‘chib o‘tganidan buyon o‘zi to‘qnash kelgan A seriyaning barcha jamoalari darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
U kecha bo‘lib o‘tgan bahsda «Krotone» darvozasiga 2ta to‘p kiritib, so‘nggi "kemtik"ni to‘ldirib qo‘ydi.
Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining joriy mavsumida 19ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida ikkita assist ham mavjud. Portugaliyalik futbolchi «Yuventus»ga o‘tganidan buyon A seriya doirasida 70ta gol urdi.
CHerneka Jonson, Kerolayn Dyubua va Yokasta Valle o'z kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi
Tayson Fyuri Jeyk Polning Joshua ustidan g'alabasi uchun £ 1 mln funt tikishga vada berdi
WBC Gran-prisi. Mujibillo Tursunov ertangi jangi oldidan raqibi bilan yuzma-yuz keldi (FOTO)