"Milliy sport mukofoti-2022" taqdirlash marosimini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi. SHundan so'ng sport federaciyalari, homiy tashkilotlar va mutasaddilar ishtirokida yilning eng yaxshilari elon qilindi.
Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G'anieva (boks)
Yil kashfiyoti: SHarifa Davronova (engil atletika)
Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo'lat Hidoyatov (sport kurashlari)
Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport)
Navbatdagi blok Paralimpiya sportiga bag'ishlandi. Undagi nominaciyalar va g'oliblar:
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish)
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qo'ziev (para taekvondo)
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo)
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para o'q otish)
Navbatdagi nominaciyalarda amputant sportchilarimiz taqdirlanishdi:
Amputantlar futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov («Matonat» nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi)
Futbol bo'yicha amputantlar jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol bo'yicha amputantlar jamoasi faxriysi)
Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov (olamsport.com)
Yilning eng faol sport targ'ibotchisi: Timur Nizaev («Pravda Vostoka» gazetasi)
Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: O'zbekiston engil atletika federaciyasi (Vitaliy Judro)
Olimpizm targ'iboti yo'lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxo'jaev
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi
Yilning eng yaxshi federaciyasi: O'zbekiston shaxmat federaciyasi
Sport tadbirlarini o'tkazish bo'yicha eng yaxshi tashkilotchi: O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi
Sport sohasidagi ko'p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, «O'zbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi)
Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo'shgan hissasi uchun: Nig'matilla Yo'ldoshev (O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O'zbekiston kurash federaciyasi raisi)
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun: Tanzila Narbaeva (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbari)
Yoshlarni sog'lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O'zbekiston futbol associaciyasi rahbari)
Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi
SHubhasiz, barcha intizorlik bilan kutgan nominaciyalarda yilning eng yaxshi murabbiyi, ayol va erkak sportchilari deb quyidagilar tan olindi:
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (taekvondo VT bo'yicha jahon chempioni)
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek To'raboev (dzyudo bo'yicha jahon chempioni)
Eslatib o'tamiz, 2021 yil yakunlariga ko'ra bokschi Bahodir Jalolov va og'ir atletikachi Akbar Jo'raev eng yaxshi sportchilar deb topilgandi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi
Tommi Fyuri 2023 yildan buyon ilk bor jang qilib, g'alaba qozondi va Jeyk Polga "vyzov" tashladi