SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston sportchilari bugungacha 47 mingdan ziyod medallar jamlanmasiga ega bo'ldi

16.12.2022 18:00    


Rasmni yuklab olish

Yil yakunlanib borar ekan, har bir sohada, xususan sportda ham sarhisob davri boshlanadi.

O'tayotgan yil davomida mamlakatimiz sportchilari 517 ta O'zbekiston chempionati va kubogida, 237 ta xalqaro musobaqada, 34 ta qita chempionatida, 7 ta qita kubogida, 26 ta jahon chempionati musobaqalarida va 6 ta jahon kubogi sport bahslarida ishtirok etdi.

Ushbu musobaqalardagi umumiy medallar soni 47 ming 93 tani tashkil etgan bo'lib, shundan 12 ming 993 ta oltin, 12 ming 662 ta kumush va 13 ming 970 ta bronza medallaridan iborat. Bu, Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim qilingan 13 dekabrgacha bo'lgan holat hisoblanadi. 

Mamlakatimiz sportchilari ishtirok etayotgan jahon va qita chempionatlari, bir qator sport turlaridagi mamlakat birinchiliklari hamda xalqaro musobaqalar davom etmoqda.  

Xususan, og'ir atletikachilar Kolumbiyada o'tayotgan jahon chempionatida qatnashayotgan bo'lsa, shaxmatchilarimiz Qozog'istonda bo'ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.  

Qolaversa, kurash, karate, suv sport turlari, dzyudo, voleybol kabi o'nlab sport turlari bo'yicha ham yilning eng so'nggi musobaqalarida hamyurtlarimiz qatnashishi nazarda tutilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: