
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi gol+pas tizimi bo‘yicha jahon chempionatlari rekordini yangiladi.
35 yoshli futbolchi Qatar-2022 musobaqasining yarim finalida Xorvatiya darvozasiga bitta gol urib, bitta assist muallifiga aylandi. Shu tariqa, uning Mundiallardagi gollari 11taga, golli uzatmalari esa 9taga yetdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 20 ball to‘pladi.
Messi mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Miroslav Kloze (Germaniya, 16+3), Ronaldo (Braziliya, 15+4), Gerd Myuller (Germaniya, 14+5) va Pele (Braziliya, 12+7)ni ortda qoldirdi.
"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi
Iliya Topuriya: "Men Maddalena emasman. Maxachevni o'ng qo'lim bilan ursam, uyquga ketadi"