SportUz.Net

Messi YECHLdagi gollari soni bo‘yicha Ronalduga yetib oladimi?

26.10.2022 08:00    


Rasmni yuklab olish

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Yevropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Krishtianu Ronalduga yaqinlashdi.

Argentinalik futbolchi 5-tur doirasida kecha bo‘lib o‘tgan «PSJ» – «Makkabi Xayfa» bahsida (7:2) ikkita gol urib, 2ta golga assistentlik qildi. Endi YECHLda uning gollari soni 129taga yetdi. Messi peshqadam Ronaldudan 11ta golga ortda qolmoqda. Shu paytgacha 140ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Krishtianu joriy mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmayapti («Manchester Yunayted» Yevropa ligasida qatnashmoqda).

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha keyingi o‘rinlarni «Barselona» forvardi Robert Levandovski (91 gol) va "Real" hujumchisi Karima Benzema (86 gol) egallab turishibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: