SportUz.Net
photo photo

Futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar

20.02.2021 11:30    


Rasmni yuklab olish

Biz futbolda asosan  hujumchilar haqida ko‘p muhokama qilamiz. Ammo, yana bir pozisiya borki, unga ko‘p ham e’tibor beravermaymiz. Bular - himoyachilar pozisiyasidir. Himoya qo‘rg‘onida ter to‘kadigan futbolchilar, o‘yindagi eng qiyin ishlardan birini bajarishadi. Ular nafaqat himoyaga, ba’zida darvozabon o‘rnida seyv ham, ba’zida esa hujumchi o‘rnida gol ham urib turishadi. Hozir biz sizlarga futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar haqida ma’lumot beramiz. Ularning ko‘pchiligi faoliyatini tugatgan bo‘lsa, ba’zilari karerasini davom ettirishmoqda. Demak, futbol tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar, bular..

 

Paola Maldini

Hayotining yigirma besh yilini Italiyaning «Milan»iga bag‘ishlagan ushbu futbolchi klubning afsonasiga aylangan. Axir, Maldinining yordami bilan «rossonerlar» besh marta UYEFA Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishgan, shuningdek yetti marta Italiya chempionligi sohibi bo‘lishdi. Maldini futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri hisoblanadi. Qolaversa, «Milan» afsonasi Italiya terma jamoasining ham asosiy futbolchilaridan hisoblangan. Paola terma jamoasi safida 126 uchrashuvda maydonga tushib, 7 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning futbolchilik davrida Italiya 1990 - yilda o‘tkazilgan Jahon chempionatida bronza medalga ega chiqqan bo‘lsa, 1994 - yilgi mundialda ikkinchi o‘rin sohibiga aylangan. Paola Maldini hozirda «Milan»ning sport direktori vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Karles Puyol

Ushbu futbolchi o‘zining bardoshliligi bilan muxlislarning hurmatiga sazovor bo‘ldi. Puyol «Barselona»ning markaziy himoyachisi sifatida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan. Ispaniyalik jarohat bilan ham o‘ynagan paytlari ham bo‘lgan, ushbu o‘yinlarda ham ajoyib o‘ynlar ko‘rsatgani uchun, muxlislar tomonidan «temir odam» yoki «sher yuragi» kabi laqablari berilgan. Karles Puyolning klub va terma jamoa miqiyosida ham omadi kelgan. «Barsa» sobiq futbolchisi Ispaniya terma jamoasi bilan 2008 - yilgi Yevropa chempionati va 2010 - yilgi Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kataloniyaliklar safida Ispaniya chempionati, kubogi, superkubogi, UYEFA Chempionlar Ligasi, superkubogi, klublar o‘rtasidagi JCH kabi chempionatlarda zafar quchgan. Ha, uning sovrinlar javonida, deyarli bo‘sh o‘rin qolmagan.

Fabio Kannavora

Fabio Kannavaro - «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan kam sonli himoyachilardan biri hisoblanadi. Mashhur futbolchi himoyada ishonchli harakatlari bilan birga, ayollarning qalbini zabt etish bilan ham ancha nom qozongan. Uning mudofaa markazidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, muxlislar unga «beton odam» degan laqabini bergan. Fabio futboldagi deyarli barcha sovrinni qo‘lga kiritgan qo‘lga kiritgan. Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan bo‘lsa, «Parma» bilan A seriya chempionligini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik, «Yuventus», «Real Madrid» kabi klublar himoya qo‘rg‘onida ham ishonchli o‘yinlar namoyish etgan.

Ronald Kuman

Ronald dunyodagi goleador himoyachi hisoblanadi. Kumanning hisobida butun faoliyati davomida urgan 193ta gol mavjud. U yo‘llagan har qanday jarima zarbasi darvozabonar uchun qiyinchilik tug‘dirgan. Uning zarbasining kuchiga faqat Roberto Karlos tenglasha oladi. Ronald «Barselona» bilan birgalikda yutish mumkin bo‘lgan hamma chempionat g‘olibi bo‘lgan va kataloniyaliklar jamoasininh afsonalaridan biriga aylangan. Gollandiya terma jamoasi safida ham uning «ketmoni uchgan» deyish mumkin. U «zarg‘aldoqlar» bilan birga 1988 - yilgi Yevropa chempionati oltin medaliga ega chiqqan. Ronald Kuman hozirda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Angliya, Gollandiyaning bir qancha jamoalarida, shuningdek Gollandiya terma jamoasida ustozlik qilgan sobiq himoyachi, ayni paytda «Barselona»ning bosh murabbiyi hisoblanadi.

Alessandro Nesta

Italiya futboli tarixida ajoyib himoyachilar juda ko‘p bo‘lgan, Nesta ham ana shunday o‘yinchilardan biri hisoblanadi. «Lasio» «Milan» kabi klublar safida Italiya chempionati, kubogi, superkubogi, Chempionlar Ligasi, UYEFA superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati kabi musobaqalar oltin medallariga sazovar bo‘lgan. Qolaversa, Kanada hamda Hindiston chempioni ham hisoblanadi. Shuningdek, u jahon chempioni ham bo‘lgan. Italiya terma jamoasi bilan Germaniyada o‘tgan 2006 - yilgi mundial finalida Fransiya ustidan g‘alaba qozonib oltin medalga ega chiqqan. Italiyalik faoliyatini 2014 - yilda tugatgan bo‘lsa, hozirgi kunda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. AQSHning «Mayami», Italiyaning «Perudja» jamoalarida ishlagan sobiq futbolchi, hozirda «Frozinone» jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Rio Ferdinand

1995 - yildan, 2015 - yilgacha «Vest Xem», «Bornmut», «Lids», "Manchester Yunayted" kabi jamoalarning himoya markazida ter to‘kkan. Futbolchilik faoliyatini katta qismini "qizil iblislar" safida o‘tkazgan futbolchi, sovrinlarining asosiy qismini ham aynan mazkur jamoa bilan qo‘lga kiritgan. Rio maydonda nafaqat himoyachi, balki yetakchilik qobiliyati bilan ham maydonda ajralib turgan. Ferdinand 2001 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalida "Lids" ning asosiy o‘yinchisi bo‘lgan. "Manchester Yunayted" sardori sifatida ham o‘ynagan. Rio 2008 yilda manchestirliklar safida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va azaliy orzusiga erishdi. Angliya terma jamoasi safida ham bir qancha o‘yinlar o‘tkazgan. "Uch sherlar" safida 81 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol ham yozdirib qo‘ygan.

Jon Terri

Himoyachilar odatda juda kam gol urishadi, ammo Jon Terri hisobida klub miqiyosida 42ta gol mavjud. Sobiq markaziy himoyachining sovrinlar javoni ham havas qilarl darajada, Angliya Kubogi (5), Premer-liga (5), Liga kubogi (3), Angliya superkubogi (2), Chempionlar Ligasi 2011/12, Yevropa Ligasi 2012/13 kabi musobaqalarda g‘olib chiqqan. Jon Terri "Chelsi" sardori ham hisoblangan. Shuningdek, sobiq himoyachi terma jamoasi safida ham bir qancha o‘yinlarda maydonga tushgan. Hozirgi kunda "Aston Villa" jamoasi yordamchi murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

Virjil Van Deyk

Angliya Premer ligasining oxirgi o‘tgan mavsumi nafaqat "Liverpul"ga, balki Van Deyk uchun ham ancha omadli kechgan. Qolaversa, 2019 - yilda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishi, uning eng yaxshi futbolchilarga beriladigan "Oltin to‘p" sovrindorlari qatorida bo‘lishiga zamin yaratgan. Virjil haqiqatdan ham yetakchi futbolch. Hujum tashkil qilish, himoya markazidagi ishonchli harakatlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Shuningdek, himoyachi hisobida Shotlandiya chempionati va kubogi oltin medallari mavjud. "Liverpul" bilan 2019 - yilgi klublar o‘rtasidagi JCH oltin medallari ham, uning javonida turibdi. Van Deyk Gollandiya terma jamoasining asosiy takib o‘yinchisi hisoblanadi. U hozirgacha "lolalar yurti" takibida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 4 marta raqiblar posponini ranjitishga erishgan.

Serxio Ramos

"El-kapitano" nomi bilan tanilgan "Real" jamoasi sardori va himoyachisi hozirgi paytdagi eng yaxshi himoyachilardan biri deyish mumkin. Ramos boshqa himoyachilardan o‘zining tajovuzkor harakati va kerakli paytda hisobga ham ta’sir eta olishi bilan ajralib turadi. Qolaversa, himoyaviy mahorati tufayli u allaqachon "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasi uchun ko‘plab natijalarga erishgan. 2005 - yildan beri madridliklar safida maydonga tushib keladi. U shu paytgacha "qaymoqranglilar" safida 466 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga 74 gol yozdirib qo‘ygan. 2008 va 2012 - yillarda Ispaniya termasi bilan yevropa chempioni bo‘lgan bo‘lsa, 2010 - yil Afrikadagi JCH g‘olibligini ham qo‘lga kiritgan. "Real Madrid" safida deyarli hamma kubokni qo‘lga kiritishga ulgurgan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: