SportUz.Net
photo photo

Xoland — «xet-trik»lar qiroli!

21.10.2022 12:31    


Rasmni yuklab olish

Yana Erling Xoland e’tirofi. Norvegiyalik hujumchi 22 yoshigacha professional faoliyatida 15ta «xet-trik» rasmiylashtirishga ulgurdi.

Chinakam yangi «gol mashinasi»! To‘g‘risi, futbol olami bunday vahojatli va «tezyurar» goleadorni hali ko‘rgan emasdi.

Erling 15ta «xet-trik»ni 5ta jamoa safida amalga oshirdi - «Bryun», «Zalsburg», «Borussiya» D., «Manchester Siti» klublari va Norvegiya milliy termasi. Xoland hisobidagi 6ta «xet-trik» 2019 yilga to‘g‘ri keladi. Lekin joriy yil yakunigacha bu natijasini takrorlashi yoki yangilashi hech gap emas. Binobarin, yilning birinchi yarmida «Borussiya» safida Bundesligada 1ta «xet-trik»ka erishgan futbolchi APLga ko‘chib o‘tganidan buyon yana 3ta bahsda shunday qahramonlik ko‘rsatishga ulgurdi. Oldinda esa o‘yinlar yetarli.

Fakt. Jahon futbolining eng sara yulduz goleadorlari bilan solishtirganda, Xoland tezlik bo‘yicha barchadan oldinda. Aniqroq aytsak, Erling «Borussiya» D. va «Manches­ter Siti» safidagi dastlabki 100ta o‘yinida 103ta gol hosil qildi. Boshqa biror sara to‘purar Yevropaning kuchli 5ta ligasi klublari o‘yinlaridagi bunday samarador tezligi bilan maqtanolmaydi.

Yevropaning kuchli 5ta ligasi klublari safidagi dastlabki 100ta o‘yin samaradorligi

Erling Xoland - 103ta gol
Romario - 90ta gol
Ronaldo - 86ta gol
Luis Suares - 59ta gol
Kilian Mbappe - 48ta gol
Garri Keyn - 45ta gol
Robert Levandovski - 43ta gol
Lionel Messi - 41ta gol
Krishtianu Ronaldu - 16ta gol



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: